OLIY TA’LIM TALABALARINING MUSTAQIL QAROR QABUL QILISH VA REFLEKSIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, matematik topshiriq, mustaqil qaror, refleksiv fikrlash, muammoli vaziyat, intellektual faollik, pedagogik yondashuv, matematik ta’lim, o‘z-o‘zini baholash.Abstract
Annotatsiya. Oliy ta’lim talabalarining matematik topshiriqlarni bajarish jarayonida mustaqil qaror qabul qilish va refleksiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik jihatlari yoritilgan. Matematik muammoli vaziyatlarning talabalarda muqobil yechimlarni izlash, mavjud imkoniyatlarni taqqoslash, yechim strategiyasini ongli tanlash va natijalarni tanqidiy baholash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil qaror qabul qilish va refleksiv fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tamoyillar, ta’limiy topshiriqlarni tashkil etish usullari va baholash mezonlari tavsiflangan. Ta’lim jarayonini talabalarning faol intellektual ishtirokiga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.