BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: pedagogik refleksiya, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy tayyorgarlik, refleksiv tafakkur, o‘z-o‘zini tahlil qilish, pedagogik faoliyat, kasbiy kompetentlik, pedagogik vaziyat, o‘z-o‘zini baholash, kasbiy rivojlanish.Abstract
Annotatsiya. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik refleksiyani rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, uning kasbiy shakllanish jarayonidagi o‘rni va pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Pedagogik refleksiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda refleksiv faoliyatning tarkibiy qismlari tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z faoliyatini tahlil qilish, pedagogik vaziyatlarni baholash, kasbiy qarorlarni asoslash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar ochib berilgan. Refleksiv kundalik, pedagogik vaziyatlar tahlili, o‘zaro fikr almashish va o‘z-o‘zini baholash usullaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.