O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI: TAJRIBA VA ISTIQBOLLAR
Keywords:
Kalit so`zlar: O‘zbekiston Milliy universiteti, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, xalqaro stajirovka, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xorijiy universitetlar, xalqaro reytinglar, oliy ta’lim integratsiyasi.Abstract
Mazkur maqolada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan ilmiy va akademik aloqalari hamda xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuv jarayonlari yoritilgan. Xususan, universitetning Belarus, Shvetsiya, Isroil, Xitoy, Turkiya, Rossiya va Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, xalqaro reytinglardagi natijalari va ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari ko‘rib chiqilgan. Maqolada xalqaro hamkorlikning oliy ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish hamda universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi ahamiyati ko’rsatib berilgan.