KICHIK HAVZALARDA AKVAKULTURA MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH VA BALIQLAR TIRIK VAZNINING DINAMIK O‘SISHI.

Authors

  • Tolibova Munisa Jurabek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: akvakultura, kichik havzalar, tirik vazn dinamikasi, intensiv texnologiya, sun’iy aeratsiya, granulalangan ozuqa, ozuqa konversiyasi (FCR), ixtiofauna, oq amur, karp.

Abstract

          Annotatsiya. Ushbu tezisda cheklangan maydonga ega bo‘lgan kichik sun’iy havzalarda akvakultura mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini intensiv biotexnologik usullar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Suvni sun’iy aeratsiya bilan ta’minlash, optimal o‘tqazish zichligi hamda yuqori oqsilli muvozanatlashgan granulalangan ozuqalardan foydalanishning baliqlar tirik vaznining dinamik o‘sishiga ta’siri tajriba va nazorat guruhlari misolida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari takomillashtirilgan texnologiya hisobiga 120 kunlik vegetatsiya davrida baliqlarning o‘sish sur’atini 55–60% ga oshirish, ozuqa konversiyasini 1,6–1,8 gacha qisqartirish hamda umumiy mahsuldorlikni 2 barobardan ziyod ko‘tarish imkoniyatini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-11