GIYOHVAND MODDALARNING NOQONUNIY AYLANISHIGA QARSHI KURASHNING XALQARO VA MINTAQAVIY HUQUQIY MEXANIZMLARI
Keywords:
Giyohvand moddalar savdosi, narkobiznes, noqonuniy aylanish, xalqaro huquqiy hujjatlar, Vena konvensiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, mintaqaviy hamkorlik, EMCDDA, CICAD, ASEAN, huquqiy mexanizmlar, global xavfsizlik, jamoat salomatligi.Abstract
Mazkur maqolada giyohvand moddalarning noqonuniy
aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy darajada
shakllantirilgan huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Muallif giyohvand
moddalar savdosini global xavfsizlik, jamoat salomatligi va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga jiddiy tahdid soluvchi ko‘p qirrali muammo sifatida ko‘rib chiqadi.
Maqolada 1912-yildagi Xalqaro afyun konvensiyasidan boshlab 1961, 1971 va
1988-yillardagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining konvensiyalarigacha bo‘lgan
xalqaro huquqiy hujjatlarning evolyutsiyasi, ko‘lami va samaradorligi yoritiladi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Narkotiklar strategiyasi, Amerika Shtatlari
Tashkiloti (OAS/CICAD) hamda ASEAN kabi mintaqaviy tashkilotlarning
hamkorlik mexanizmlari tadqiq etiladi. Muallif huquqiy uyg‘unlashtirishning
yetishmasligi, institutsional salohiyatning cheklanganligi, korrupsiya va inson
huquqlariga oid muammolar kabi asosiy qiyinchiliklarni ajratib ko‘rsatadi.
Maqola xulosasida narkobiznesga qarshi kurashning huquqiy asoslarini
mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda muvozanatli va
dalillarga asoslangan yondashuvni ilgari surish zarurligi asoslanadi.