GIYOHVAND MODDALARNING GLOBAL SAVDOSIDA AFG‘ONISTONNING O‘RNI
Keywords:
Afg‘oniston, giyohvand moddalar savdosi, ko‘knori yetishtirish, narkobiznes, afyun, global xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik, Tolibon, transmilliy tarmoqlar, iqtisodiy ta’sir.Abstract
Mazkur maqolada giyohvand moddalarning global savdosida
Afg‘onistonning o‘rni, uning tarixiy evolyutsiyasi, asosiy manfaatdor tomonlari,
yetishtirish dinamikasi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.
Afg‘onistondagi giyohvand moddalar savdosi ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, global
xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga chuqur
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ko‘knori yetishtirishning qadimiy ildizlari,
mustamlakachilik davri, Sovet istilosi, Tolibon rejimining ta’siri hamda 11
sentabrdan keyingi davrdagi o‘zgarishlar tarixi yoritiladi. Shuningdek, geografik
va iqlimiy omillar, "opiy kamarlari" (Hilmand, Qandahor va Farah viloyatlari),
transmilliy jinoiy tarmoqlar faoliyati hamda mamlakat iqtisodiyotiga
ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Xulosa qismida muammoni bartaraf etish
uchun kompleks strategiyalarni ishlab chiqish zarurligi asoslanadi.