SUG‘ORILADIGAN YERLARDA SHO‘RLANISH JARAYONINING FAZOVIY-VAQT DINAMIKASINI MATEMATIK PROGNOZLASH

Authors

  • Bozorov Ma’ruf Abdimalik o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sug‘oriladigan yerlar, sho‘rlanish, suv-tuz balansi, sizot suvlari, matematik model, fazoviy-vaqt dinamikasi, prognozlash, drenaj, melioratsiya.

Abstract

Maqolada sug‘oriladigan yerlarda tuproq sho‘rlanishining fazoviy-vaqt bo‘yicha o‘zgarishini matematik modellashtirish va prognozlash yondashuvi taklif etiladi. Modelda tuproq qatlamidagi suv harakati, tuzlarning konvektiv ko‘chishi, diffuziya-dispersiya, sug‘orish va drenaj jarayonlari o‘zaro bog‘langan holda qaraladi. Sho‘rlanish darajasini vaqt va koordinata bo‘yicha baholash uchun adveksiya-dispersiya tipidagi tenglama hamda suv balansi tenglamasidan foydalanildi. Namuna hisoblashlari Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan hududlari sharoitiga moslashtirilgan shartli parametrlar asosida bajarildi. Natijalar fazoviy notekislikni hisobga olish sug‘orish va drenaj tadbirlarini differensial rejalashtirish imkonini berishini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-12