QURUQ KO‘Z SINDROMI PATOGENEZIDA OKSIDLOVCHI STRESS VA YALLIG‘LANISHNING O‘ZARO TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: quruq ko‘z sindromi, oksidlovchi stress, reaktiv kislorod turlari, yallig‘lanish, NF-κB, NLRP3, antioksidantlar.Abstract
Annotatsiya. Maqolada quruq ko‘z sindromi (QKS) patogenezida oksidlovchi stress va ko‘z yuzasi yallig‘lanishining o‘zaro ta’siri zamonaviy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Reaktiv kislorod turlari (RKT) ortiqcha hosil bo‘lib, antioksidant himoya tizimi ularni zararsizlantirishga ulgurmaganda, ko‘z yuzasi epiteliysi, kosacha hujayralari va yosh bezi hujayralarida shikastlanish yuzaga keladi. Bu jarayon NF-κB, MAPK va NLRP3 inflammasoma signal yo‘llarini faollashtirib, yallig‘lanishni kuchaytiradi; yallig‘lanish esa o‘z navbatida RKT manbaiga aylanadi. Natijada o‘z-o‘zini kuchaytiruvchi patogenetik doira shakllanadi. Maqolada ushbu doiraning asosiy bo‘g‘inlari, biomarkerlar va davolashning antioksidant yo‘nalishlari yoritilgan.
References
Downloads
Published
2026-10-13