SUN’IY INTELLEKT YARATGAN MATNDAN MUSTAQIL FIKRLOVCHI MUALLIFGACHA: INGLIZ TILIDA AKADEMIK YOZISH JARAYONIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI

Authors

  • Dilnoza Usmanova Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: generativ sun’iy intellekt, sun’iy intellekt savodxonligi, akademik yozish, ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, tanqidiy fikrlash, talaba mustaqilligi, akademik halollik, oliy ta’lim.

Abstract

Generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining oliy ta’limga jadal kirib kelishi talabalarning ingliz tilida akademik yozish jarayoniga yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda muayyan pedagogik muammolarni ham olib kirmoqda. ChatGPT kabi vositalar g‘oyalarni shakllantirish, matn tuzilishini rejalashtirish, til xatolarini aniqlash va yozma ishlarni takomillashtirishda yordam berishi mumkin. Biroq ushbu vositalardan maqsadga muvofiq foydalanilmasligi talabalarning mustaqil fikrlashi, axborotni tanqidiy baholashi, akademik mualliflik mas’uliyati va yozish kompetensiyasining rivojlanishiga oid savollarni yuzaga keltiradi. Mazkur maqolada ingliz tilida akademik yozish jarayonida generativ sun’iy intellekt savodxonligini rivojlantirishning ahamiyati tahlil qilinadi hamda talabalarni sun’iy intellektdan tayyor matn yaratuvchi vosita sifatida emas, balki o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida foydalanishga yo‘naltiradigan dastlabki pedagogik tamoyillar taklif etiladi. Ushbu tamoyillar maqsadga muvofiq foydalanish, tanqidiy baholash, axborotni tekshirish, talabaning mustaqilligini saqlash, akademik halollik va refleksiv faoliyatni qamrab oladi. Maqola O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida generativ sun’iy intellekt savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik asoslarni ishlab chiqish uchun nazariy-konseptual zamin yaratadi. Taklif etilgan tamoyillar keyingi bosqichlarda ekspert bahosi va empirik tadqiqotlar asosida takomillashtirilishi lozim.

References

Published

2026-10-13