AMIR TEMUR DAVLATI SHAKLLANISHI VA YUKSALISHINING TARIXIY OMILLARI: DAVRIYLIK VA IJTIMOIY-IQTISODIY YONDASHUV

Authors

  • Mamanov Abdurahim Abduhakimovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Amir Temur, Movarounnahr, davriylik, markazlashgan davlat, sug‘orma dehqonchilik, siyosiy parokandalik, Dashti Qipchoq.

Abstract

Ushbu maqolada Amir Temur davlatining shakllanishi va yuksalishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar tarixiy davriylik konsepsiyasi asosida tahlil qilinadi. XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrda markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, mahalliy amirlar o‘rtasidagi nizolar va siyosiy parokandalikning kuchayishi yangi markazlashgan davlat tashkil topishi uchun tarixiy shart-sharoit yaratgani asoslab beriladi. Shuningdek, sug‘orma dehqonchilikning iqtisodiy va siyosiy hayotdagi o‘rni, suv resurslarini boshqarish bilan markazlashgan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar hamda Dashti Qipchoq va Mo‘g‘uliston bilan bog‘liq tashqi omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Amir Temurning siyosiy faoliyati alohida shaxsning yetakchilik salohiyati va tarixiy sharoitlarning o‘zaro ta’siri nuqtayi nazaridan baholanadi. Tadqiqot natijasida davlatning shakllanishini faqat hukmdorning shaxsiy fazilatlari bilan emas, balki mavjud ijtimoiy-siyosiy inqiroz, iqtisodiy ehtiyojlar va hududiy munosabatlar bilan bog‘liq holda o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi.

References

Published

2026-10-14