OLMANI SAQLASHDA TABIIY OZIQAVIY QOPLAMALARNI QOʻLLASHNING TEXNOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Hakimova Nodira Xayrilloyevna Author
  • Sayidova Raxima Rustamovna Author

Abstract

Olma hosilini uzoq muddat sifatli saqlash meva-sabzavotchilik tarmogʻining dolzarb vazifalaridan biridir. 2024-yilda respublikada 1 482,3 ming t olma yetishtirilgan [1], biroq sovutgichli omborlar sigʻimi yillik meva-sabzavot hosilining atigi 4,9 foizini qamrab oladi, hosildan keyingi yoʻqotishlar esa ekspertlar tomonidan 20–30 foizga baholanadi [2]. Bunday sharoitda saqlash samaradorligini oshiruvchi arzon va xavfsiz usullar, xususan, tabiiy oziqaviy qoplamalar amaliy ahamiyat kasb etadi.

References

Published

2026-10-14