TABIIY QOPLAMALAR BILAN ISHLOV BERILGAN OLMANI SAQLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Authors

  • Hakimova Nodira Xayrilloyevna Author

Abstract

Olmani saqlashning iqtisodiy maʼnosi mavsumiy narx farqidan foydalanishdadir: 2023-yil dekabrda «Renet Simirenko» olmasining oʻrtacha ulgurji narxi 5 000 soʻmdan 9 000 soʻmgacha oshgan, 2024-yil yanvar boshida esa «Golden Delicious» olmasi 14 000 soʻm/kg ga yetgan [1]. Biroq saqlash davomida olma tabiiy kamayish tufayli massasini yoʻqotadi, sovutgichli omborlar esa yillik meva-sabzavot hosilining atigi 4,9 foizini qamrab oladi [2]. Tabiiy oziqaviy qoplamalar tabiiy kamayishni qisqartiradi [3], ammo ularni joriy etish qoʻshimcha xarajat talab qiladi. Tezisning maqsadi – qoplama bilan saqlashning iqtisodiy samaradorligini baholashning sodda va shaffof usulini taklif etishdan iborat.

References

Published

2026-10-14