BEMORLARNING FIZIOLOGIK PARAMETRLARINI UZLUKSIZ MONITORING QILISH UCHUN INTELLEKTUAL TIBBIYOT O'LCHASH TIZIMLARI VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH ALGORITMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Biotibbiyot texnikasi, uzluksiz monitoring, tibbiyot o'lchash tizimlari, fiziologik parametrlar, raqamli signalni qayta ishlash, adaptiv algoritmlar, IoMT (Tibbiyot buyumlari interneti).Abstract
Annotatsiya Zamonaviy biotibbiyot texnikasi va "Tibbiyot buyumlari interneti" (IoMT) texnologiyalarining rivojlanishi bemorlar sog‘lig‘ini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ushbu tadqiqot bemorlarning o‘ta muhim fiziologik parametrlarini (elektrokardiogramma, pulsoksimetriya, tana harorati va arterial qon bosimi) uzluksiz monitoring qilishga mo‘ljallangan apparat-dasturiy tibbiyot o'lchash tizimi va ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi — biotibbiyot signallarini qabul qilish va uzatishdagi xatoliklarni, turli xil artefakt hamda shovqinlarni bartaraf etuvchi yuqori aniqlikdagi adaptiv algoritmlarni yaratish orqali monitoring tizimlarining ishonchliligini oshirishdir. Metodologik jihatdan, tadqiqot biotibbiyot signallarini raqamli qayta ishlash, tizimli tahlil va arxitekturani loyihalash usullariga asoslangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan algoritmik yechimlar an'anaviy usullarga nisbatan monitoring jarayonidagi "yolg‘on trevoga" (false alarm) ko‘rsatkichlarini pasaytiradi va axborotning aniqlik darajasini sezilarli oshiradi. Mazkur tizimni amaliyotga, xususan, reanimatsiya bo‘limlari va masofaviy tibbiyot xizmatlariga joriy etish tibbiyot xodimlari tomonidan tezkor klinik qarorlar qabul qilinishini ta'minlab, bemorlar hayotini saqlab qolish samaradorligini oshiradi.