YURIDIK AMALIYOTDA SUN’IY INTELLEKT HARAKATLARINI HUQUQIY ATRIBUTSIYA QILISH: XALQARO-HUQUQIY STANDARTLAR VA MILLIY QONUNCHILIKNI UYG‘UNLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Muxtarova Maxliyo Usmonali qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, yuridik amaliyot, xalqaro huquq, huquqiy atributsiya, javobgarlik, inson nazorati, shaffoflik, audit izi, huquq ustuvorligi.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda yuridik amaliyotda sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan harakat va qarorlarning huquqiy oqibatlarini muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbat berish — huquqiy atributsiya masalasi xalqaro-huquqiy standartlar bilan bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori SI tizimidan foydalanishning o‘zi emas, balki tizimning vakolat doirasi, inson nazorati, shaffoflik, hujjatlashtirish va zarar yuzaga kelganda javobgarlikni aniqlash mezonlariga qaratiladi. Yevropa Kengashining Sun’iy intellekt va inson huquqlari, demokratiya hamda huquq ustuvorligi to‘g‘risidagi Asosiy konvensiyasi va Yevropa Ittifoqining AI Act hujjati qiyosiy-huquqiy yondashuv uchun mezon sifatida ko‘rib chiqiladi. Yakunda O‘zbekiston yuridik amaliyoti uchun bosqichli huquqiy atributsiya mezonlari va audit izini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

References

Published

2026-10-14