YOD BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI VA HOMILADOR BO‘LISHGACHA BO‘LGAN VAQT O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNING TAHLILI

Authors

  • Abdiyeva Umida Urol qizi Author

Keywords:

MAQSAD: Ayollarda yod bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab homilador bo‘lishgacha bo‘lgan vaqt ko‘rsatkichlarini taqqoslash va yod tanqisligi bilan homilador bo‘lishning kechikishi o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlikni baholash.

Abstract

ANNOTATSIYA: Ayollarning reproduktiv salomatligida yod bilan ta’minlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Yod qalqonsimon bez gormonlari sintezi uchun zarur bo‘lib, ushbu gormonlar reproduktiv tizim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ishda yod tanqisligi va homilador bo‘lishgacha bo‘lgan vaqt o‘rtasidagi bog‘liqlik e’lon qilingan klinik tadqiqot ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, yod tanqisligi kuzatilgan guruhda homilador bo‘lish uchun 13 oydan ko‘proq kutgan ayollar ulushi yod bilan ta’minlanishi yetarli bo‘lgan guruhga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Olingan natijalar yod statusi va ayollar fertilligi o‘rtasida ehtimoliy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-14