YOD TANQISLIGI VA HAYZ SIKLI BUZILISHLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: ILMIY TADQIQOTLAR NATIJALARINING TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: yod tanqisligi, hayz sikli buzilishi, gipotireoz, qalqonsimon bez, reproduktiv salomatlik, oligomenoreya, amenoreya, ovulyatsiya, tireotrop gormon.Abstract
Annotatsiya: Yod tanqisligi qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri bo‘lib, uning ayollar reproduktiv salomatligi bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan katta qiziqish uyg‘otadi. Qalqonsimon bez gormonlari reproduktiv tizimning normal faoliyati, follikulalarning yetilishi, ovulyatsiya va hayz siklining muntazamligini ta’minlashda ishtirok etadi. Mazkur ishda yod tanqisligi bilan hayz sikli buzilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan epidemiologik tadqiqot hamda qalqonsimon bez faoliyati va hayz sikli xususiyatlarini baholagan ikkita klinik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Efiopiyada o‘tkazilgan tadqiqotda 620 nafar talabaning 202 nafarida (32,6%) hayz sikli buzilishi aniqlangan va yod tanqisligi kasalliklari ushbu holat bilan statistik jihatdan bog‘liq bo‘lgan (AOR=3,9; 95% IO: 1,325–11,636). Bangladeshdagi tadqiqotda gipotireozli ayollarda hayz sikli buzilishlari qalqonsimon bez faoliyati normal bo‘lgan ayollarga nisbatan ko‘proq kuzatilgan. Olingan ma’lumotlar yod ta’minlanganligi, tireoid funksiyasi va reproduktiv salomatlikni birgalikda o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.