OʻZBEKISTON TASHQI SAVDOSIDA STRATEGIK HAMKOR DAVLATLARNING OʻRNI VA ULARNING MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIGA TAʼSIRI
Abstract
Oʻzbekiston iqtisodiyotining jahon xoʻjalik tizimiga integratsiyalashuvi jarayonida tashqi savdo aloqalari muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, eksport salohiyatini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tashqi savdo hajmining muntazam oʻsishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirmoqda. Tashqi savdo mamlakat iqtisodiy oʻsishining muhim omillaridan biri boʻlib [1], ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi texnologiyalarni jalb etish, valyuta tushumlarini koʻpaytirish va aholi bandligini taʼminlashga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.