MOYLI EKINLAR ILDIZ ATROFI TUPROG‘IDA NEMATODALAR TARQALISHINING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: moyli ekinlar, nematodalar, fitonematodalar, rizosfera, ildiz atrofi tuprog‘i, ekologik guruhlar, agrotsenoz, tuproq namligi, Meloidogyne, Pratylenchus.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada moyli ekinlar ildiz atrofi tuprog‘ida uchraydigan nematodalar faunasining ekologik xususiyatlari, ularning tarqalishiga ta’sir etuvchi tuproq-iqlim omillari, namlik, harorat, tuproq mexanik tarkibi, o‘simlik ildiz ajratmalari va agrotexnik tadbirlarning ahamiyati yoritilgan. Moyli ekinlar, jumladan, kungaboqar, kunjut, soya, yeryong‘oq va zig‘ir kabi o‘simliklar rizosferasida nematodalar tur tarkibi va son jihatdan turlicha shakllanishi mumkin. Tadqiqotlarda nematodalar ekologik guruhlarga ajratilib, ularning foydali, saprobiotik, ildiz atrofida yashovchi va o‘simlik to‘qimalarida parazitlik qiluvchi shakllari alohida tahlil qilinadi. Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida fitonematodalar faunasini o‘rganish moyli ekinlar hosildorligini saqlash va agroekotizimlarning biologik holatini baholashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.