VIRTUAL MULOQOTNING ORTISHI SHAROITIDA YOSHLAR ORASIDA EMOTSIANAL YOLG’IZLIKNING NAMOYON BO’LISHI VA UNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: virtual muloqot, emotsional yolg‘izlik, yoshlar psixologiyasi, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli kommunikatsiya, ruhiy salomatlik, psixologik yordam, profilaktika, shaxslararo munosabatlar, emotsional farovonlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada virtual muloqotning keng tarqalishi sharoitida yoshlar orasida emotsional yolg‘izlikning namoyon bo‘lish xususiyatlari, uning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi psixologik va ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli kommunikatsiya vositalarining kundalik hayotga chuqur kirib borishi natijasida yoshlarning muloqot shakllari o‘zgarib, real ijtimoiy munosabatlar o‘rnini ko‘proq virtual aloqalar egallayotgani kuzatilmoqda. Mazkur jarayonning shaxsning emotsional holati, ijtimoiy faolligi va ruhiy salomatligiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, emotsional yolg‘izlikning yoshlar psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda uni bartaraf etishning samarali psixologik mexanizmlari va profilaktik choralari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.