MOSH NAVLARIDA QURUQ MODDA TO‘PLANISHIGA TURLI XIL EKISH MUDDATI VA ME’YORINING TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mosh, Navro‘z, Durdona, quruq modda, ekish muddati, ekish me’yori, ildiz, poya, barg, don, dukkak po‘stlog‘i, biologik mahsuldorlik.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Navro‘z va Durdona mosh navlarida quruq modda to‘planishiga ekish muddati va ekish me’yorining ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 250, 300 va 350 ming tup/ga ekish me’yorlari hamda 10 iyun, 20 iyun va 1 iyul ekish muddatlari bo‘yicha o‘simlikning ildiz, poya, barg, don va dukkak po‘stlog‘ida quruq modda to‘planishi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, quruq modda to‘planishi navning biologik xususiyati, ekish muddati va ekish me’yoriga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgargan. Navro‘z navida eng yuqori umumiy quruq modda 250 ming tup/ga me’yorida 20 iyunda ekilganda 69,2 g/tupni tashkil etdi. Durdona navida esa eng yuqori ko‘rsatkich 250 ming tup/ga me’yorida 10 iyunda ekilganda 65,2 g/tup bo‘ldi. Har ikki navda ham ekish me’yori oshgan sari bir tup o‘simlikka to‘g‘ri keladigan quruq modda miqdori kamaydi. Bu holat qalin ekish sharoitida o‘simliklar o‘rtasida yorug‘lik, oziqa moddalari, namlik va yashash maydoni uchun raqobat kuchayishi bilan izohlanadi.