KIBERBULLINGNING O‘SMIRLAR RUHIY SALOMATLIGIGA TA’SIRI VA PSIXOLOGIK PROFILAKTIKA MEXANIZMLARI

Authors

  • Jumayev Hamza Xasanovich Author

Keywords:

Kiberbulling, o‘smirlik davri, ruhiy salomatlik, psixologik zo‘ravonlik, maktab psixologi, profilaktika, ijtimoiy tarmoqlar, emotsional farovonlik, internet xavfsizligi, kiberxavfsizlik, psixologik yordam, raqamli madaniyat.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida keng tarqalib borayotgan kiberbulling hodisasining o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’siri hamda uning oldini olishga qaratilgan psixologik profilaktika mexanizmlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi yoshlar uchun yangi kommunikativ imkoniyatlar yaratish bilan birga, psixologik xavflarning ham ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, internet orqali amalga oshiriladigan tahqirlash, haqoratlash, qo‘rqitish, obro‘sizlantirish va ijtimoiy yakkalash kabi xatti-harakatlar o‘smirlarning emotsional holatiga, o‘ziga bahosiga va ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

References

Published

2026-06-04