YO‘L TRANSPORT HODISALARINI TRANSPORT VOSITALARINING KONSTRUKSIYASIGA BOG'LIQLIGINI O‘RGANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: yo‘l-transport hodisasi, transport vositasi konstruksiyasi, faol xavfsizlik, passiv xavfsizlik, tormoz tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi, texnik diagnostika, ekspluatatsiya.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada yo‘l-transport hodisalari (YTH) yuzaga kelishining transport vositalarining konstruktiv xususiyatlari va ularning texnik holatiga bog‘liqligi tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida avtomobilning faol, passiv va ekologik xavfsizlik tizimlari, xususan, tormoz tizimi, rul boshqaruvi, shinalar protektori hamda kuzov konstruksiyasining mustahkamligi YTHlarning oldini olish va ularning og‘irlik oqibatlarini yumshatishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada statistik tahlillar va zamonaviy avtomobilsozlik texnologiyalariga tayanib, transport vositalarining konstruksiyasini loyihalash bosqichida xavfsizlik elementlarini takomillashtirish hamda ekspluatatsiya jarayonida texnik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.