“BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING DIRIJYORLIK APPARATINI SHAKLLANTIRISH” MODULIDAN AMALIY MASHG‘ULOT ISHLANMASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Dirijyorlik apparati, kreativ yondashuv, musiqa pedagogikasi, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi, klaster metodi, manual harakatlar, badiiy-musiqiy tafakkur, partitura tahlili, metroritm va dinamika, elastik auftakt, asimmetrik boshqaruv, mushaklar erkinligi, kasbiy kompetensiya, xor jamoasi, amaliy mashg‘ulot loyihasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy musiqa pedagogikasining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining dirijyorlik apparatini shakllantirish jarayoni kreativ yondashuv asosida tadqiq etilgan. Muallif talabalarni oddiy mexanik boshqaruvdan (metronomlikdan) voz kechgan holda, musiqiy asarning ichki obrazini erkin va plastik manual harakatlar orqali ifodalashga yo‘naltirish masalalarini yoritadi. Tadqiqotda talabalarning ko‘rish va eshitish reflekslarini, kasbiy kuzatuvchanligini oshirishda “Klaster Metodi”ning pedagogik imkoniyatlari hamda o‘ng va chap qo‘l funksiyalarini notekis taqsimlash (asimmetrik boshqaruv) prinsiplari asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada mavzuli musiqiy asarni professional dirijyorlik apparati vositasida boshqarishga doir amaliy mashg‘ulotning pedagogik loyihasi va uning bosqichlari (kuzatish, ijodiy rejalashtirish, ijro va refleksiya) batafsil bayon etilgan.