KIMYO SANOAT KORXONALARINING RAQAMLI IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBASI
Keywords:
Kalit so'zlar: kimyo sanoati, raqamli iqtisodiy salohiyat, xorij tajribasi, ERP, MES, SCADA, IoT, digital twin, sun'iy intellekt, Industry 4.0.Abstract
Mazkur maqolada kimyo sanoat korxonalarining raqamli iqtisodiy salohiyatini oshirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar kimyo sanoatida qo'llanilayotgan ERP, MES, SCADA, IoT, sun'iy intellekt, digital twin va analitik boshqaruv platformalarining korxona samaradorligi, moslashuvchanligi va raqobatbardoshligiga ta'siri yoritiladi. Shuningdek, Yevropa va global kimyo sanoatida raqamli transformatsiyaning operatsion samaradorlik, ta'minot zanjiri barqarorligi, aktivlar ishonchliligi va innovatsion mahsulot yaratish bilan uzviy bog'liqligi ko'rsatib beriladi. Maqola yakunida O'zbekiston kimyo sanoati korxonalarida xorij tajribasini moslashtirilgan holda joriy etish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.