RAQAMLI BANK XIZMATLARINING OMONATLAR HAJMINI OSHIRISHDAGI TA’SIRI
Abstract
So‘nggi yillarda dunyo moliya bozorida raqamli transformatsiya jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu jarayon tijorat banklari faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatib, bank xizmatlarini ko‘rsatishning yangi shakllarini vujudga keltirmoqda. Xususan, mobil banking, internet banking, onlayn omonatlar, masofaviy identifikatsiya va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar banklarning mijozlar bazasini kengaytirish hamda omonatlar hajmini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda. Raqamli bank xizmatlari nafaqat xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytiradi, balki aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini kuchaytirib, depozit resurslarining ko‘payishiga ham xizmat qiladi.
References
Downloads
Published
2026-06-06
Issue
Section
Articles