KARDIOPULMONAL VA DIASTOLIK STRESS-TESTLAR YORDAMIDA SAQLANGAN OTISH FRAKSIYALI YURAK YETISHMOVCHILIGINI DIAGNOSTIKA VA PROGNOZLASH

Authors

  • Alyavi B.A. Author
  • Latipov F.F. Author
  • Abdusattorov J.J. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: saqlangan otish fraksiyali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, kardiopulmonal test, diastolik stress-test, VO₂peak, E/e', diagnostika, prognoz.

Abstract

saqlangan otish fraksiyali yurak yetishmovchiligi (SOFYY) surunkali yurak yetishmovchiligining eng keng tarqalgan shakllaridan biri bo‘lib, yuqori kasallanish, o‘lim va bemorlarning hayot sifatining sezilarli darajada pasayishi bilan tavsiflanadi. Chap qorinchaning sistolik funksiyasi saqlanib qolganiga qaramay, klinik ko‘rinishlarning o‘ziga xos emasligi va tinch holatda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotliligi cheklanganligi sababli SOFYY diagnostikasi murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu ishda yashirin diastolik disfunksiyani aniqlash, yurak-qon tomir tizimining funksional holatini baholash va kasallik kechishini bashorat qilishda kardiopulmonal yuklama testi va diastolik stress-testlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

References

Published

2026-06-06