ITALYAN VA OʻZBEK TILIDA ANTONIM, OMONIM VA SINONIMLARNING OʻZARO OʻXSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Authors

  • Naimova Parvina Rustamovna Author
  • Toxirova Ruxshona Anvarjon qizi Author

Abstract

    Til - insoniyatning eng muhim kommunikativ vositasi boʻlib, u orqali fikrlar, his-tuyg’ular va ma’lumotlar almashiladi. Har bir til oʻziga xos leksik birliklarga ega boʻlib, bu birliklar orasida antonimlar, sinonimlar va omonimlar muhim oʻrin tutadi. Ushbu maqolada italyan va oʻzbek tillarida antonim, sinonim va omonimlarning oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Antonimlar - ma’nosi bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan soʻzlardir. Italyan tilida “alto” (yuqori) va “basso” (past) kabi antonimlar mavjud. Oʻzbek tilida esa “yuqori” va “past” soʻzlari misol boʻlishi mumkin. Har ikkala tilda antonimlarning mavjudligi tilning semantik boyligini koʻrsatadi.  Italyan tilida antonimlar koʻpincha kontekstga qarab oʻzgarishi mumkin. Masalan, “felice” (baxtli) va “triste” (g’amgin) soʻzlari turli kontekstlarda turlicha ma’nolarni ifodalashi mumkin. Oʻzbek tilida ham shunday holatlar uchraydi; masalan, “yaxshi” va “yomon” soʻzlari turli vaziyatlarda oʻzining antonim sifatida xizmat qiladi.

References

Published

2026-06-07