ITALYAN VA OʻZBEK TILLARIDAGI SINONIMLAR TASNIFI
Abstract
Tilshunoslikda sinonimiya (ma’nodoshlik) hodisasi tilning lug‘at boyligini, uning ekspressiv imkoniyatlarini va uslubiy rang-barangligini ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Italyan va o‘zbek tillari bir-biridan butunlay boshqa til oilalariga mansub bo‘lsa-da (italyan tili - hind-yevropa oilasining roman guruhiga, o‘zbek tili - oltoy tillari oilasining turkiy guruhiga), ularning sinonimik tizimlarida mantiqiy va funksional o‘xshashliklar mavjud. Har ikki tilda ham sinonimlar nutqni takrorlardan xalos qilish, fikrni aniqroq ifodalash va hissiy munosabatni bildirish uchun xizmat qiladi. Ushbu maqolada italyan va o‘zbek tillaridagi sinonimlarning semantik, stilistik va etimologik tasnifi qiyosiy o‘rganiladi.
References
Downloads
Published
2026-06-07
Issue
Section
Articles