CHET TILIDA TALABALAR MULTIMADANIY KOMPETENSIYASINI POST-METOD MODULLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: multimadaniy kompetensiya, post-metod pedagogikasi, chet tilini o‘qitish, kommunikativ yondashuv, madaniyatlararo kommunikatsiya, innovatsion metodlar, reflektiv ta’lim.Abstract
Abstract. Ushbu tezisda chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarning multimadaniy kompetensiyasini post-metod modullari asosida rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida chet tilini o‘qitish faqat grammatik bilimlarni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki talabalarning turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham talab etadi. Tadqiqotda post-metod pedagogikasining xususiylik, amaliylik va imkoniyatlilik tamoyillari asosida multimadaniy kompetensiyani rivojlantirishning samarali mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, autentik materiallar, interaktiv topshiriqlar va loyiha asosidagi ta’limning talabalarning madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyasiga ta’siri ko‘rsatib berilgan.