AKADEMIK ABDULAHAD MUHAMMADJONOVNING ILMIY MEROSI HAQIDA

Authors

  • Davlatboyev Dostonbek Sa’dulla o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Abdulahad Muhammadjonov, ilmiy meros, tarixshunoslik, arxeologiya, tarixiy geografiya, irrigatsiya, sugʻorma dehqonchilik, Qangʻ davlati, Toshkent tarixi, Buxoro tarixi, tarix falsafasi, manbashunoslik, toponimika.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada akademik Abdulahad Muhammadjonovning Oʻzbekiston tarixshunosligi, arxeologiyasi va tarixiy geografiyasi rivojiga qoʻshgan ilmiy hissasi hamda boy ilmiy merosi tahlil qilinadi. Olimning sugʻorma dehqonchilik tarixi, irrigatsiya tizimlari, qadimgi shaharlar, tarixiy toponimika, manbashunoslik va tarix falsafasiga bagʻishlangan ilmiy asarlari mazmunan oʻrganilib, ularning milliy tarixshunoslik taraqqiyotidagi oʻrni yoritiladi. Shuningdek, Abdulahad Muhammadjonovning ilmiy tadqiqot metodologiyasi, arxeologik va yozma manbalarni qiyosiy tahlil qilishdagi yondashuvlari hamda u yaratgan ilmiy maktabning bugungi tarix fanidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot davomida olimning eng muhim monografiyalari va ilmiy maqolalari tahlil qilinib, ularning Oʻzbekiston tarixini xolis va ilmiy asosda oʻrganishdagi nazariy hamda amaliy ahamiyati baholanadi.

References

Published

2026-07-07