AKADEMIK YAHYO G‘ULOMOVNING ARXEOLOGIYA SOHASIGA QO‘SHGAN HISSASI

Authors

  • Avalbayeva Nargiza Rustam qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yahyo G‘ulomov, arxeologiya, Xorazm, qadimgi sug‘orish tizimi, arxeologik ekspeditsiya, moddiy madaniyat, tarixiy meros, shaharsozlik, Toshkent vohasi, O‘zbekiston arxeologiyasi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston arxeologiya fanining asoschilaridan biri bo‘lgan akademik Yahyo G‘ulomovning ilmiy faoliyati, arxeologik tadqiqotlari hamda milliy arxeologiya maktabining shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Olimning Toshkent vohasi, Zarafshon vodiysi, Farg‘ona vodiysi va Xorazm hududlarida olib borgan arxeologik izlanishlari, qadimgi sug‘orish tizimlari, dehqonchilik madaniyati va shaharsozlik tarixini o‘rganishdagi xizmatlari yoritiladi. Shuningdek, uning ilmiy metodologiyasi, arxeologik merosni asrash borasidagi faoliyati hamda zamonaviy arxeologiya rivojiga ta'siri ilmiy jihatdan baholanadi.

References

Published

2026-07-07