XVIII-XIX ASRLARDAGI QORAQALPOQLAR VA ROSSIYA MUNOSABATLARINING TARIXIY AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so'zlar: Qoraqalpoqlar, Rossiya imperiyasi, Markaziy Osiyo, Amudaryo, Xiva xonligi, jung’orlar, Eshmuhammadxon, M. Tevkelev, P.P. Ivanov, Qozoq juzlari, siyosiy munosabatlar, mustamlakachilik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada XVIII–XIX asrlarda qoraqalpoqlar va Rossiya o‘rtasida shakllangan siyosiy, diplomatik hamda iqtisodiy munosabatlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki tomon o‘rtasidagi elchilik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, savdo munosabatlarining rivojlanishi, Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoda olib borgan siyosati hamda bu jarayonlarning qoraqalpoq xalqi hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida yoritilgan. Shuningdek, ba’zi tarixchi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, qoraqalpoqlar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ahamiyati xolis ilmiy yondashuv asosida baholangan. Tadqiqot natijalari mazkur davr tarixini chuqurroq o‘rganish hamda qoraqalpoq tarixshunosligini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.