NATOTERM, AAP-06 VA STANAG: NATO HARBIY TERMINOLOGIYASINI STANDARTLASHTIRISH TIZIMINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA FARQLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: NATO, STANAG, AAP-06, NATOTerm, terminologiya, standartlashtirish, harbiy terminlar, adaptatsiya.Abstract
Annotatsiya Mazkur maqolada NATO terminologiya tizimining uch asosiy elementi — STANAG (Standardization Agreement), AAP-06 (NATO Glossary of Terms and Definitions) hamda NATO Term (NATO Terminology Database)ning vazifalari, huquqiy maqomi, qo‘llanish sohasi va o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida NATO Terminology Programme doirasidagi terminlarni ishlab chiqish va standartlashtirish mexanizmi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, STANAG normativ standartni belgilaydi, AAP-06 standartlashtirilgan termin va ta'riflarni rasmiy lug‘at shaklida jamlaydi, NATOTerm esa ushbu terminlarning yagona raqamli ma'lumotlar bazasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu uch tizimning vazifalarini aniq ajratish NATO terminologiyasini turk va o‘zbek tillariga moslashtirishda muhim nazariy asos hisoblanadi.