IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA SUNʼIY INTELLEKTNING MEHNAT BOZORIGA TAʼSIRI VA YANGI KASBLAR TRANSFORMATSIYASI
Keywords:
Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, transformatsiya, yangi kasblar, raqamli kompetensiyalar, avtomatlashtirish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida sun'iy intellekt texnologiyalarining mehnat bozori rivojlanishiga ko'rsatayotgan ta'siri tahlil qilingan. Sun'iy intellektning ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, moliya, ta'lim va boshqa tarmoqlarda keng joriy etilishi natijasida mehnat jarayonlarining avtomatlashtirilishi, ayrim an'anaviy kasblarning mazmuni va funksiyalarining o'zgarishi hamda yangi kasb va mutaxassisliklarning vujudga kelishi yoritilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorining zamonaviy talablari, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning dolzarbligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellektdan samarali foydalanish mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hamda mehnat bozorining raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim omil ekanligini ko'rsatadi.