JINOYAT ISHINI AYBLOV XULOSASI BILAN BIR QATORDA HIMOYACHI FIKRI BILAN HAM KO‘RIB CHIQILISHINI JORIY QILISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: jinoyat protsessi, ayblov xulosasi, himoyachi fikri, advokat, sud tergovi, taraflar tengligi, tortishuv prinsipi, dalillar, odil sudlov, protsessual kafolatlar.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda jinoyat ishini sudga yuborishda ayblov xulosasi bilan bir qatorda himoyachining yozma fikrini taqdim etish mexanizmini joriy etishning huquqiy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Muallif tomonidan mazkur institutning jinoyat protsessida taraflar tengligini ta’minlash, tortishuv prinsipini mustahkamlash hamda himoya huquqining protsessual kafolatlarini kengaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, himoyachining yozma fikrini ayblov xulosasi bilan birgalikda sudga taqdim etish odil sudlovning shaffofligi, xolisligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.