O‘ZBEKISTONDA STARTAP LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH: EKOTIZIM TAHLILI VA BOSQICHLI MODEL

Authors

  • Mamarasulov Beknazar Bektemir o’g’li Author

Keywords:

startap; venchur kapital; innovatsion moliyalashtirish; moliyaviy ekotizim; biznes farishtalari; crowdfunding; bank krediti; davlat qo‘llab-quvvatlashi; moliyaviy uzilish; bosqichli moliyalashtirish; risk kapitali; innovatsion tadbirkorlik.

Abstract

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda startap va venchur ekotizimi jadal sur’atlarda shakllanmoqda: xorijiy ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, 2024–2025-yillarda mahalliy startaplar soni 750 tadan oshdi, 15 ta venchur fondi faoliyat yuritmoqda, venchur kapital hajmi $180 mln dan oshdi, ekotizimning umumiy qiymati esa $3,9 mlrd ga yetdi [1; 2; 3]. Shunga qaramay, moliyalashtirish tizimi startapning rivojlanish bosqichlariga mos, izchil zanjir sifatida shakllanmagan, natijada erta bosqich loyihalar uchun moliyaviy uzilish (financing gap) muammosi saqlanib qolmoqda. Ushbu maqolada mavjud moliyalashtirish manbalari (bank krediti, venchur kapital, biznes farishtalari, davlat dasturlari, crowdfunding) tizimli va qiyosiy tahlil qilingan, ekotizimdagi institutsional cheklovlar aniqlangan hamda AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Estoniya tajribasi tanqidiy baholangan. Tadqiqot metodologiyasi tizimli, qiyosiy, trend hamda SWOT va benchmarking tahlillariga asoslanadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan, olti bosqichli (g‘oya–pre-seed–seed–early stage–growth–scale-up) mualliflik moliyalashtirish modeli ishlab chiqildi, unda har bir bosqich uchun moliyalashtirish manbasi, hajmi, institutsional ishtirok, garov talabi va monitoring mexanizmi belgilandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi moliyaviy uzilish nuqtalarini bosqichlar kesimida aniqlashda va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy modelni taklif etishda namoyon bo‘ladi. Natijalar davlat organlari, tijorat banklari, venchur fondlari va startap asoschilari uchun amaliy ahamiyatga ega.

References

Published

2026-08-07