RAQAMLI DAVLAT BOSHQARUVI SHAROITIDA DAVLAT XIZMATCHILARINING KASBIY VA AXLOQIY KOMPETENSIYALARINI INTEGRATSIYALASH
Abstract
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi davlat boshqaruvi tizimining mazmuni, shakllari va faoliyat mexanizmlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Elektron hukumat, raqamli davlat xizmatlari, katta ma’lumotlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat boshqaruviga joriy etilishi boshqaruv jarayonlarining tezkorligi va samaradorligini oshirish bilan birga, davlat xizmatchisining kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan yangi talablarni ham yuzaga keltirmoqda. OECD tadqiqotlarida ham raqamlashtirish davlat sektorining an’anaviy faoliyat usullarini o‘zgartirayotgani va davlat xizmatchilarida yangi raqamli hamda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi [1].
References
Downloads
Published
2026-09-03
Issue
Section
Articles