SUYUQ SHISHA VA POLIMER MODIFIKATORLAR ASOSIDA GIDROFOB BETON OLISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: suyuq shisha, natriy silikat, polimer modifikator, gidrofob beton, beton texnologiyasi, suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, beton strukturasi, gidrofoblik, qurilish materiallari.Abstract
Annotatsiya:Ushbu tezisda suyuq shisha va polimer modifikatorlar asosida gidrofob beton olish texnologiyasi hamda olingan betonning suvga chidamlilik xususiyatlarini yaxshilash masalalari yoritilgan. Zamonaviy qurilishda beton konstruksiyalarining uzoq muddat xizmat qilishi ularning suv, namlik, muzlash-erish sikllari va agressiv muhit ta’siriga chidamliligiga bevosita bog‘liq. Oddiy betonning kapillyar-g‘ovak tuzilishi suvning uning ichki qatlamlariga kirib borishiga sharoit yaratadi. Bu esa betonning mustahkamligi va uzoq muddatli ekspluatatsion xususiyatlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli betonning suv shimuvchanligini kamaytirish va suv o‘tkazmasligini oshirish uchun samarali modifikatorlardan foydalanish dolzarb hisoblanadi.