OLIY TA’LIMDA INKLYUZIV VA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI INTEGRATSIYALASHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, raqamli texnologiyalar, oliy ta’lim, assistiv texnologiyalar, Universal Ta’lim Dizayni (UDL), adaptiv ta’lim, raqamli kompetentlik.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda oliy ta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan talabalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini raqamli va assistiv texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda Universal Ta’lim Dizayni tamoyillarini joriy etish, o‘quv materiallarini turli formatlarda taqdim etish, moslashuvchan baholash usullaridan foydalanish hamda assistiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ekran o‘quvchilari, avtomatlashtirilgan subtitrlar, ovozni matnga aylantirish vositalari, LMS platformalari va gibrid ta’limning inklyuzivlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijasida professor-o‘qituvchilarning raqamli-inklyuziv kompetentligini oshirish va moslashuvchan ta’lim metodlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.