KASBIY KOMPETENSIYANI MULTIMODAL YONDASHUV ORQALI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: kasbiy kompetensiya, multimodal yondashuv, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, pedagogik kompetensiya, raqamli kompetensiya, multimodal ta’lim.Abstract
Mazkur tezisda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida multimodal yondashuvdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim muhitida kasbiy faoliyatning mazmuni raqamli texnologiyalar, turli kommunikativ vositalar va axborotning xilma-xil shakllari bilan boyib borayotganligi o‘qituvchidan yangi kompetensiyalarni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, kasbiy kompetensiyani faqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar yig‘indisi sifatida emas, balki bilimlarni turli pedagogik va kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash, texnologik vositalarni maqsadga muvofiq tanlash, o‘quv mazmunini turli modal shakllarda yaratish va o‘z faoliyatini refleksiv baholash qobiliyati sifatida qarash zarur. Tezisda multimodal yondashuvning kommunikativ, metodik, raqamli va refleksiv kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda multimodal topshiriqlar tizimidan foydalanish taklif etiladi.