ALISHER NAVOIY ASARLARIDA RAQAMLI BIRLIKLARNING MATNIY VA POETIK FUNKSIYALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, raqamli birlik, poetik funksiya, matn, ramz, majoz, kontekst, kompozitsiya, tanosub, tadrij, talmeh, “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”.Abstract
ANNOTATSIYA.Mazkur tezis Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan raqam bildiruvchi birliklarning badiiy matn tarkibidagi funksional xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda raqamlarning faqat ramziy ma’no tashuvchi birlik sifatidagi tabiati emas, balki matnni tashkil etish, obrazlar o‘rtasidagi munosabatni belgilash, kompozitsion tartibni yuzaga keltirish, tarixiy-madaniy xotirani faollashtirish va poetik san’atlar bilan uyg‘unlashish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. “Xamsa” dostonlari hamda “Xazoyin ul-maoniy” devonlari asosida olib borilgan kuzatuvlar bir xil raqamning turli matnlarda turlicha poetik yuk kasb etishini ko‘rsatadi. Ayniqsa “besh”, “to‘rt”, “yetti”, “olti” kabi birliklarning xamsachilik, koinot tasavvurlari, inson idroki, an’anaviy birikmalar va lirik kechinma bilan aloqasi matniy hamda kontekstual yondashuv asosida ochib beriladi.