HAVONING CHANGLANISHI VA UNING NAFAS OLISH TIZIMIGA TA’SIRINI GIGIYENIK BAHOLASH

Authors

  • Seytimbetova Rayxon Abatbay qizi Author
  • Otajonova Aziza Kaimjon qizi Author
  • Eshnazarova Dilafro’z Zarif qizi Author
  • Sodiqova Gulsevar Zokir qizi Author

Keywords:

Atmosfera havosi, havoning changlanishi, chang zarrachalari, PM₂.₅, PM₁₀, nafas olish tizimi, gigiyenik baholash, profilaktika.

Abstract

 Mazkur maqolada atmosfera havosining changlanishi, chang zarrachalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda ularning inson nafas olish tizimiga ta’sir mexanizmlari gigiyenik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Havoda mavjud bo‘lgan turli disperslikdagi chang zarrachalarining nafas yo‘llariga kirib borishi, respirator tizimning himoya funksiyalariga ta’siri va uzoq muddatli ta’sir sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksional hamda patologik o‘zgarishlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, atmosfera havosining changlanish darajasini gigiyenik baholash, uning asosiy manbalarini aniqlash va changning inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan profilaktik choralarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari havoning changlanishini nazorat qilish va aholi uchun sog‘lom havo muhitini ta’minlash zamonaviy sanitariya-gigiyena amaliyotining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-10-04