1930-YILLARDA O‘ZBEKISTON DAVRIY MATBUOTIDA TA’LIM TIZIMINING MAFKURALASHTIRILISHI VA SIYOSIY NAZORATNING KUCHAYISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, 1930-yillar, davriy matbuot, xalq ta’limi, maktab, mafkuralashtirish, siyosiy nazorat, kommunistik tarbiya, pedagog kadrlar, darslik, o‘quv dasturi, marksizm-leninizm, Alanga, Inqilobchi sharq, Guliston, Sovet pedagogikasi.Abstract
1. Annotatsiya. Mazkur maqolada 1930-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimining mafkuraviy yo‘naltirilishi va bu jarayonning davriy matbuotda aks etishi tarixiy-manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Davrning umumiy siyosiy, adabiy-ma’rifiy hamda maxsus pedagogik nashrlari asosida maktab va ta’lim muassasalariga qo‘yilgan siyosiy talablarning o‘zgarishi, o‘qituvchi faoliyatining kasbiy mezonlar bilan bir qatorda mafkuraviy talablar asosida baholanishi, darslik va o‘quv dasturlari ustidan nazoratning kuchayishi hamda matbuotning ta’lim sohasidagi tanqidiy-nazorat funksiyasi o‘rganiladi. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar davomida nashrlar mazmunidagi o‘zgarishlarni qiyoslash ta’lim haqidagi matbuot diskursining ma’rifiy-tashkiliy masalalardan tobora siyosiy-mafkuraviy mezonlarga siljiganini ko‘rsatadi. Xususan, 1930-yilgi Alanga materiallarida ayrim ta’lim muassasalari, o‘quv rejalari va darsliklar siyosiy kurash doirasida baholangan bo‘lsa, 1933-yilgi Inqilobchi sharqda marksizm-leninizm, partiya siyosati va sinfiy kurashga oid materiallarning salmog‘i keskin oshgan. 1935-yilgi Guliston hamda 1936–1937-yillardagi maxsus pedagogik nashrlarda esa ta’lim, siyosiy tarbiya, tarix darsligi, pedagog faoliyati va davlat nazorati o‘rtasidagi bog‘liqlik yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.