ZANJIRLI KONVEYERLARDA KURAKLAR SONINI TASHILAYOTGAN KON JINSI MIQDORIGA MOS OPTIMALLASHTIRISH ORQALI ELEKTR ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH

Authors

  • Annaqulov To‘lqin Jovbekovich Author
  • Yunusov Jasurbek Farxod o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: zanjirli konveyer, kurak, konveyer novi, ishqalanish, harakat qarshiligi, elektr energiya sarfi, kuraklar qadami, yuk oqimi, optimallashtirish, energiya samaradorligi.

Abstract

Mazkur ishda konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan zanjirli kurakli konveyerlarning energiya samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Zanjirli konveyer ishlashi davomida elektr yuritma quvvatining muayyan qismi zanjir, kuraklar, tashilayotgan kon jinsi va konveyer novi o‘rtasidagi ishqalanish hamda harakat qarshiliklarini yengishga sarflanadi. Konveyer konstruksiyasida kuraklarning belgilangan doimiy qadam bilan o‘rnatilishi tashilayotgan kon jinsi miqdori nominal qiymatdan kam bo‘lgan ish rejimlarida ortiqcha harakatlanuvchi massa va qo‘shimcha ishqalanish qarshiliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Ushbu ishda konveyer unumdorligini saqlab qolgan holda tashilayotgan kon jinsi miqdoriga bog‘liq ravishda kuraklar soni va ular orasidagi masofani tanlash metodikasini ishlab chiqish taklif etiladi. Metodikaning asosini material oqimi, zanjir tezligi, kuraklar qadami, bir kurakka tushadigan yuk, harakat qarshiligi va elektr yuritmaning quvvat sarfi orasidagi bog‘lanish tashkil etadi. Taklif etilayotgan yondashuv zanjirli konveyerlarning ekspluatatsion yuklamasiga mos konstruktiv parametrlarni tanlash va elektr energiya sarfini kamaytirishga yo‘naltirilgan.

References

Published

2026-10-05