UYQUSIZLIK SHAROITIDA KO‘RICHAK DEVORINING MORFOMETRIK VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY TAVSIFI HAMDA UNI KORREKSIYALASH YO‘LLARI

Authors

  • Ismatova Zarnigor Abdullayevna Author

Abstract

Dolzarbligi. Uyqu organizmning nerv, endokrin va immun tizimlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muhim fiziologik jarayon hisoblanadi. Uyquning uzoq muddatli buzilishi organizmning turli tizimlarida strukturaviy va funksional o‘zgarishlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, ovqat hazm qilish tizimi faoliyati uyqu–uyg‘oqlik sikli bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uyqusizlik ichak devorining morfologik holati va mahalliy immun mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘richak devorida limfoid to‘qimaning nisbatan yaxshi rivojlanganligi uning mahalliy immun himoyadagi ahamiyatini belgilaydi.

References

Published

2026-10-05