O'QUVCHILARGA WEB-DASTURLASHNI O'RGATUVCHI «WEBDASTUR» ELEKTRON TA'LIM MUHITINING MODELI, ARXITEKTURASI VA FUNKSIONAL TUZILMASI
Keywords:
Kalit so'zlar: web-dasturlash, elektron ta'lim muhiti, uch qavatli arxitektura, interaktiv kod muharriri, geymifikatsiya, HTML, CSS, JavaScript, sifat mezonlari.Abstract
Annotatsiya. Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilariga web-dasturlash asoslarini (HTML, CSS, JavaScript) o'rgatishga mo'ljallangan «WebDastur» elektron ta'lim muhiti loyihalandi va dasturiy amalga oshirildi. Muhit uch qavatli (taqdimot, mantiq, ma'lumotlar) arxitekturaga asoslangan bo'lib, nazariy material, brauzerda ishlaydigan interaktiv kod muharriri, viktorinalar, o'yin elementlari va boshqaruv panelini yagona platformada birlashtiradi. Hozirgi holatda muhitga 3 ta kurs, 39 ta dars, 3 ta viktorina va 10 ta o'yinli topshiriq joylashtirilgan. Muhit sifati to'rt guruh mezon bo'yicha 55 nafar respondent (6 o'qituvchi va 49 o'quvchi) ishtirokidagi so'rovnoma orqali baholandi: ijobiy baholar ulushi 94,5–100 % ni, o'rtacha 97,3 % ni tashkil etdi.