ELEKTRON TA'LIM MUHITI ASOSIDA O'QUVCHILARDA WEB-DASTURLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI VA TAJRIBA-SINOV NATIJALARI
Keywords:
Kalit so'zlar: web-dasturlash kompetensiyasi, elektron ta'lim muhiti, loyihaviy ta'lim, geymifikatsiya, pedagogik tajriba-sinov, Styudent mezoni, sifat ko'rsatkichi.Abstract
Annotatsiya. Web-dasturlash kompetensiyasining tarkibi (motivatsion, kognitiv, operatsion va refleksiv komponentlar) hamda uni «WebDastur» elektron ta'lim muhiti yordamida to'rt bosqichda shakllantirish metodikasi bayon etilgan. Tajriba-sinov Guliston shahridagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida o'tkazildi (tajriba guruhi — 49, nazorat guruhi — 47 nafar). Yakuniy nazoratda tajriba guruhining o'rtacha bahosi 4,20 ni, nazorat guruhiniki 4,04 ni, sifat ko'rsatkichi mos ravishda 93,9 % va 85,1 % ni tashkil etdi. Styudent mezoni bo'yicha o'rtachalar farqi 0,05 darajada statistik ishonchlilikka yetmadi (T = 1,18 < 1,99), shu sababli natija tajriba guruhi foydasidagi ijobiy tendensiya sifatida talqin qilinadi.
References
Downloads
Published
2026-10-05
Issue
Section
Articles