GERK VA ME’DANING KISLOTAGA BOG’LIQ KASALLIKLARIDA SUTKALIK PH-IMPEDANSOMETRIYA VA SIRKAD BIOMARKERLARI NATIJALARI ORASIDAGI O’ZARO BOG’LIQLIKNI ILMIY ASOSLASH
Keywords:
Kalit so’zlar: Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), sutkalik pH-impedansometriya, sirkad biomarkerlar, melatonin, kortizol, pepsinogen I/II, kronoterapiya.Abstract
Mavzuning dolzarbligi. Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) va me’daning kislotaga bog’liq kasalliklari (surunkali gastrit, duodenit, me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi) zamonaviy gastroenterologiyaning eng keng tarqalgan patologiyalari sirasiga kiradi. Ushbu kasalliklarning patogenezida me’da shirasining kislota-agressiv omillari hamda shilliq qavatning rezistentligi o’rtasidagi muvozanatning buzilishi yetakchi o’rin tutadi. Inson organizmidagi kislota ajralishi, me’da shilliq qavati himoya to’sig’ining holati aniq sirkad (sutkalik) ritmlarga bo’ysunadi. Hozirgi kunda 24 soatlik pH-impedansometriya reflyukslarning xarakteri va kislotalilik darajasini aniqlashda “oltin standart” hisoblansada, ushbu ko’rsatkichlarning sirkad biomarkerlar (kortizol, melatonin, pepsinogen I/II va gastrin-17) tebranishlari bilan vaqtli korrelyatsiyasi va patogenetik bog’liqligi yetarlicha ilmiy asoslanmagan.v