QUYOSH QURITISH QURILMASINI BOSHQARUV OBʼYEKTI SIFATIDA MODELLASHTIRISH VA DINAMIK PARAMETRLARINI ANIQLASH

Authors

  • Norqobilov Hakimbek Nuriddin o’g’li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: quyosh quritish qurilmasi, boshqaruv obʼyekti, identifikatsiya, uzatish funksiyasi, kuchaytirish koeffitsienti, chiziqsizlik.

Abstract

Quyosh energiyasida ishlaydigan quritish qurilmalari uchun boshqarish tizimini loyihalashda birinchi qadam — obʼyektning ishonchli dinamik modelini qurishdir. Adabiyotlarda bunday qurilmalarning issiqlik-namlik almashinuvi jarayoni batafsil oʻrganilgan [1–3], biroq boshqarish nuqtai nazaridan zarur boʻlgan parametrlar — uzatish funksiyasining kuchaytirish koeffitsienti, vaqt doimiylari va kechikish — koʻpincha bitta ish nuqtasi uchun keltiriladi. Holbuki quyosh qurilmasida ish nuqtasi sutka davomida uzluksiz siljiydi, chunki issiqlik manbaining quvvati tashqi omil bilan belgilanadi.

References

Published

2026-10-05