IJODKOR IJODIGA XOS INDIVIDUALLIK VA UNING BADIIYATI

Authors

  • Xayitboyev Yorqinjon O‘rmonali o‘g‘li Author

Abstract

Individuallik – lotincha “individuum” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning o‘zigagina xos, betakror, xususiy belgilari individuallik demakdir. Belgi sifatlarining o‘ziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qo‘yiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan mazmun va shaklga, ya’ni o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (ya’ni, bo‘linmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida ma’lum bo‘lgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik o‘ziga xos xususiyatlarni va mazmunni yo‘qotmay turib, boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini e’tirof etgan. O‘rta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bog‘liq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits ta’limotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I.V.Gyote ijodida ham o‘z ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir. Bundan tushunish mumkinki, individuallik alohidalik, o‘zgachalik, ajralib turish demakdir. Ya’ni har bir mavjudotning, hodisaning, asarning, umumiy qilib olganda, inson va inson atrofidagilarning boshqa o‘zlari kabilardan ajralib turadigan tomonlari, o‘zgachaliklari mavjud bo‘ladi. Individuallik ham xuddi shu qonuniyatga borib taqaladi.

References

Published

2026-10-05